ALYUMINIY SAQLOVCHI SANOAT CHIQINDISIDAN ISHQORIY ERITISH ORQALI Al₂O₃ OLISH

Mualliflar

  • Abdulla Dadaxodjayev texnika fanlari doktori, professor Author
  • Shoxista Gayimova tayanch doktoranti Author
  • Murod Eshmurodov texnika fanlari nomzodi, professor Author

DOI:

https://doi.org/10.66960/jof.3093-8899.00029

Kalit so‘zlar:

RKA-02, ishqoriy eritish, kalsinatsiya, selektiv ajratish, sanoat chiqindisi

Abstrakt

Ushbu tadqiqotda alyuminiyga boy sanoat chiqindisi – RKA-02 namunasi asosida alyuminiyni selektiv ajratib olish va yuqori tozalikdagi alyuminiy oksidi Al₂O₃ olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqildi. Rentgen-fluoressent (XRF) tahlil natijalariga ko‘ra, namunada alyuminiy asosiy komponent bo‘lib, uning oksid shaklidagi miqdori 68,0 mass.% ni tashkil etishi aniqlandi. Shuningdek, chiqindida katta miqdorda kaliy (K₂O ≈ 30,4 mass.%), hamda kam miqdorda temir, rux, nikel va boshqa metall aralashmalari mavjudligi kuzatildi. Tadqiqotda gidrometallurgik yondashuv asosida ishqoriy eritish usuli qo‘llanildi. Tajriba natijalari 4 molyarli li NaOH eritmasida 90°C haroratda 3 soat davomida olib borilgan eritish jarayoni alyuminiyni natriy aluminat shaklida eritmaga maksimal o‘tkazishini ko‘rsatdi. Dastlabki bosqichda suv bilan yuvish orqali kaliy tuzlarini ajratish jarayon samaradorligini oshirdi. Eritmani qo‘shimcha tozalash bosqichlarida silikatlar Ca(OH)₂ yordamida, og‘ir metall ionlari esa Na₂S yordamida samarali ajratildi. Alyuminiy eritmadan karbonatlash usuli orqali pH 8,5–9,0 oralig‘ida Al(OH)₃ shaklida cho‘ktirildi. Olingan gidroksidning keyingi quritish va 1000°C haroratda kalsinatsiya qilinishi natijasida yuqori tozalikdagi Al₂O₃ olindi. Taklif etilgan usul yuqori selektivligi, texnologik soddaligi va samaradorligi bilan tavsiflanadi hamda alyuminiy saqlovchi sanoat chiqindilarini qayta ishlashda istiqbolli hisoblanadi.

Muallif biografiyalari

  • Abdulla Dadaxodjayev, texnika fanlari doktori, professor

    Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti

  • Shoxista Gayimova, tayanch doktoranti

    Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti

  • Murod Eshmurodov, texnika fanlari nomzodi, professor

    Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti

Havolalar

Habashi, F. Handbook of Extractive Metallurgy. – Weinheim: Wiley-VCH, 1997. – 681 p.

Power, G., Grafe, M., Klauber, C. Bauxite residue issues: I. Current management, disposal and storage practices // Hydrometallurgy. – 2009. – Vol. 108. – P. 33–45. DOI: https://doi.org/10.1016/j.hydromet.2011.02.006

Liu, W., Yang, J., Xiao, B. Review on treatment and utilization of bauxite residues // Journal of Hazardous Materials. – 2009. – Vol. 161. – P. 474–478. DOI: https://doi.org/10.1016/j.jhazmat.2008.03.122

Wang, S., Ang, H.M., Tadé, M.O. Novel applications of red mud as coagulant, adsorbent and catalyst // Chemosphere. – 2008. – Vol. 72. – P. 1621–1635. DOI: https://doi.org/10.1016/j.chemosphere.2008.05.013

Meshram, P., Pandey, B.D. Extraction of aluminum from secondary resources: A review // Hydrometallurgy. – 2011. – Vol. 108. – P. 93–102.

Zhang, N., Sun, H., Liu, X., Zhang, J. Early-age characteristics of red mud–coal gangue cementitious material // Construction and Building Materials. – 2009. –Vol. 23. – P. 1066–1071.

Sahu, R.C., Patel, R., Ray, B.C. Neutralization of red mud using CO₂ sequestration cycle // Journal of Hazardous Materials. – 2010. – Vol. 179. – P. 28–34. DOI: https://doi.org/10.1016/j.jhazmat.2010.02.052

Agatzini-Leonardou, S., Oustadakis, P., Tsakiridis, P.E. Titanium leaching from red mud by diluted sulfuric acid // Journal of Hazardous Materials. – 2008. – Vol. 157. – P. 579–586. DOI: https://doi.org/10.1016/j.jhazmat.2008.01.054

Kumar, S., Kumar, R., Bandopadhyay, A. Innovative methodologies for the utilization of wastes from metallurgical industries // Resources, Conservation and Recycling. – 2006. – Vol. 48. – P. 301–314. DOI: https://doi.org/10.1016/j.resconrec.2006.03.003

Mishra, B., Kumar, V. et al. Hydrometallurgical processing of aluminum-containing wastes // Hydrometallurgy. – 2019.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-06-17

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

1-10 / 15

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##